Axborotdan erkin umumfoydalanishga bag‘ishlangan Xalqaro onlayn-konferensiya o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Ertaga, 28 sentyabr kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda axborotdan erkin umumfoydalanishga bag‘ishlangan Xalqaro onlayn-konferensiyani o‘tkazadi. 

Konferensiyada BMT Bosh kotibining global kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Melissa Fleming, YeXHT Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Tuula Yuryola, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashining raisi Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, YeXHT huzuridagi Shvetsiya elchisi va YeXHT ning 2021 yildagi Doimiy kengashi raisi Ulrika Funered, OAV erkinligi masalalari bo‘yicha YeXHT Vakolatxonasi ofisining direktori Yurgen Xayssel, YeXHT ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor, BMT ning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer, Xalqoro matbuot instituti Ijrochi direktori Barbara Trionfi, Osiyo-Tinch okeani eshittirishlar ittifoqining Bosh kotibi Javad Mottagi, shuningdek deyarli 40 mamlakatdan 150 ga yaqin milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir davomida axborotdan erkin umumfoydalanishning muhimligi, ayniqsa COVID-19 pandemiyasi davridagi ahamiyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi. Undada axborotdan erkin foydalanish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha mavjud resurslar haqida fikr almashish, shuningdek ilg‘or xalqaro tajribalar va so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ushbu sohada jamlangan ijobiy tajribani o‘rganish imkoniyati taqdim etilib, joriy muammolarni chuqurroq anglash va ularni bartaraf qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini muhokama qilish uchun imkon  yaratiladi.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasi 28 sentyabrni Xalqaro axborotdan erkin  umumfoydalanish kuni deb e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

EXHT Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing