Aziz Abduhakimov Prezident maslahatchisi bo‘ldi 

Jamiyat

image

Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni qabul qilindi.

Tayinlov munosabati bilan Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, Aziz Abduhakimov Tabiat resurslari vaziri sifatida ishlagan. U 2023 yildan beri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri sifatida ishlab kelayotgandi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezidentning tegishli farmoni bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida amaldagi shtat birliklari saqlangan holda, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing