O‘zbekiston noyabrda Saudiya bilan o‘ynaydi
Sport
−
10:20 948 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan FIFA kunlari doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda “Ar-Riyodah” xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, 2027 yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasida noyabr oyidagi xalqaro tanaffus paytida saudiyaliklar ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu yig‘in doirasida jamoa Janubiy Koreya va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ikkala uchrashuv ham Ar-Riyodda shahridagi Imom universiteti stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 19-Osiyo Kubogi 2027 yil 7 yanvardan 5 fevralga qadar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al-Xubar shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahrayn terma jamoalari bilan birga turnirning “B” guruhidan joy olgan. Saudiya Arabistoni terma jamoasi esa musobaqaning guruh bosqichida Quvayt, Ummon va Falastin terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Live
Barchasi