O‘zbekiston MTJ yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. FIFA kunlarida Srechko Katanets shogirdlarining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsitsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh murabbiy mazkur yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini ma’lum qildi.

Yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasining Boliviya hamda Venesuela terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

“Qayd etish kerak, MTJning bir qator futbolchilari yig‘in oldidan Superliga uchrashuvida maydonga tushadilar. Shu sababli, yakuniy ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin”, deyiladi assotsiatsiya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston MTJ Srechko Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing