O‘zbekiston MTJ futbolchisida koronavirus aniqlandi
Sport
−
27 yanvar 2022
4822Ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Ibrohiihalil Yo‘ldoshev koronavirusga chalindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
“Ayni paytda Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari COVID’ga navbatdagi PZR test topshirdilar. Unga ko‘ra, Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning testida musbat natija qayd etilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, futbolchimiz o‘zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari ko‘zga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirish rejalashtirilgan. Hozirda u shifokorlarning nazorati ostida yakkalangan holda karantin o‘tamoqda”, deyiladi O‘FA xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ bugun, 27 yanvar kuni Janubiy Sudan terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, yig‘in boshlanishidan avval terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets va futbolchi Hojimat Erkinovda koronavirus aniqlangan edi.
LiveBarchasi