O‘zbekiston MTJ futbolchisi yangi jamoa bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
11 iyul 19320 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Sherzod Temirov yangi mavsumda ham Iroq chempionatida to‘p tepadi. 27 yoshli futbolchi “Zaho” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Iroq klubi o‘zbekistonlik hujumchi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.
Temirov o‘tgan mavsum Iroqning “Arbil” klubi safida o‘tkazgandi. U chempionatda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol urgan holda chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, “Zaho” o‘tgan mavsum Iroq chempionatini 9-o‘rinda yakunlagan. Klub yangi mavsumda Temirov yordamida hujum chizig‘ini kuchaytirish va yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan.
Sherzod Temirov faoliyati davomida “Mash’al”, “Nasaf”, “Paxtakor”, Eronning “Persepolis”, Gonkongning “Kitchi” hamda Iroqning “Arbil” klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon chempionati uchun 30 talik tarkibga ham kiritildi, biroq Temirov yakuniy 26 talikdan joy ololmagani sabab 3 ta uchrashuvda ham maydonga tushmadi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust