O‘zbekiston MTJ futbolchilari Qirg‘izistonga qarshi o‘yinda qanday baholandi?
Sport
−
20 mart
2762“Sofascore” portali O‘zbekiston-Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin uchun futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi.
Portalga ko‘ra, o‘yinda eng yuqori ballni O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi va bahsdagi yagona gol muallifi Xojiakbar Alijonov qo‘lga kiritdi. U 8.9 ballga loyiq ko‘rildi. Alijonovdan keyingi yuqori natija vinger Abbos Fayzullayevga tegishli bo‘ldi. U 8 ballga loyiq ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bahsni 32 ming 428 ta muxlis stadiondan tomosha qildi.