O‘zbekiston MTJ avval Yaman so‘ng, Singapur bilan o‘ynaydi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning oktyabr oyida dastlab uyda Yaman, so‘ngra safarda Singapur terma jamoalari bilan JCH-2022 saralashi doirasida bahs olib boradi.

Singapur milliy terma jamoasi ustozi Tatsuma Yoshida oktyabr oyida Saudiya Arabistoni hamda O‘zbekiston bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda ishtirok etadigan 23 nafar futbolchi nomini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Singapur terma jamoasi sentyabrdagi o‘yinlarida qatnashgan tarkib bilan solishtirganda 2 nafar yangi futbolchilar mavjud.

 5 oktyabr kuni Singapur Saudiya Arabistoni hamda O‘zbekiston bilan o‘yinlar oldidan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ham maydonga tushadi. “Sherlar” jamoasi o‘sha kuni Ammanda Iordaniya bilan bahs yuritadi.

Singapur terma jamoasining 23-kishilik tarkibi:

T/R    Ism-familiya    Amplua    O‘yinlari soni    Gollari    Jamoasi
1    Hassan Sunni    Darvozabon    83    0    Army United (Tailand)
2    Izvan Mahbud    Darvozabon    48    0    Nongbua Pitchaya (Tailand)
3    Jarfan Rohaizad    Darvozabon    0    0    Young Lions
4    Amirul Adli    Himoyachi    9    0    Tampines Rovers
5    Bayhakki Xayzan    Himoyachi    135    5    Trat FC (Tailand)
6    Darren Te    Himoyachi    0    0    Geylang International
7    Irfan Fandi    Himoyachi    22    1    BG Pathum United (Tailand)
8    Nazrul Nazari    Himoyachi    34    0    Hougang United
9    Savufan Baxarudin    Himoyachi    91    11    Pahang FA (Malayziya)
10    Shokir Hamza    Himoyachi    51    3    Kedah FA (Malayziya)
11    Zulqarnayn Suzliman    Himoyachi    9    0    Young Lions
12    Farxan Zulkifli    Yarim himoyachi    0    0    Hougang United
13    Firdavs Kasman    Yarim himoyachi    7    0    Geylang International
14    Hami Syaxin    Yarim himoyachi    1    0    Home United
15    Xarris Xarun    Yarim himoyachi    96    10    Johor Darul Ta’zim (Malayziya)
16    Shaxdan Sulaymon    Yarim himoyachi    60    4    Tampines Rovers
17    Yosir Xanapi    Yarim himoyachi    33    1    Tampines Rovers
18    Fariz Farxan    Hujumchi    1    0    Geylang International
19    Faris Ramli    Hujumchi    53    9    Hougang United
20    Gabriel Kvak    Hujumchi    31    5    Warriors FC
21    Xazzuvan Halim    Hujumchi    0    0    Balestier Khalsa
22    Ixson Fandi    Hujumchi    14    6    Raufoss IL (Norvegiya)
23    Shaval Anvar    Hujumchi    7    1    Geylang International


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston terma jamoasi Singapur

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing