O‘zbekiston Misrga guruch eksportini yo‘lga qo‘yishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistondan Misrga guruch eksporti yo‘lga qo‘yilishi haqida 24 noyabr kuni Misrdagi O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Misr sanoatlari uyushmasining Oziq-ovqat palatasi raisi Mahmud al-Basyumiy bilan uchrashuvda ma’lum qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘z o‘rnida Misrdan O‘zbekistonga sitrus mevalar va boshqa mahsulotlar importi ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 

Uchrashuvda Misr tomoni O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi rahbari va vakillarini, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan yirik o‘zbek kompaniyalarini 5-7 dekabr kunlari Qohirada bo‘lib o‘tadigan “Food Africa 2022” xalqaro ko‘rgazmasida qatnashishga taklif qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Misr sanoatlari uyushmasining Oziq-ovqat palatasi sohada faoliyat olib borayotgan 18 mingdan ortiq kompaniyalarni birlashtiradi. Ushbu tizim shakar, shirinliklar, sut va sut mahsulotlari, sharbatlar, sabzavot va mevalar, yog‘, don va ziravorlar kabi 9 bo‘limdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Misr guruch Food Africa

Baholaganlar

75

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing