O‘zbekiston mezbonlik qiladigan JCH sanalari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
20:57 852 1 daqiqa
2027 yili O‘zbekiston va Ozarbayjon mezbonligida o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionatining sanalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yoshlar o‘rtasidagi mundial 2027 yilning 17 sentyabridan 9 oktyabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Nufuzli musobaqada dunyoning eng iqtidorli yosh futbolchilari Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston kelgusi yili bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2027 yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi