O‘zbekiston 2027 yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

Sport

image

O‘zbekiston kelgusi yili bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2027 yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi. 

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida qit’a futboliga oid bir qator muhim qarorlar tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 2027 yilgi U-17 Osiyo kubogi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 2029 yilgi U-17 Osiyo kubogiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, OFK Ijroiya qo‘mitasi qit’a klublar o‘rtasidagi musobaqalar va yoshlar turnirlari reglamentiga oid qator o‘zgarishlarni ham tasdiqladi.

Xususan, 2026-2027 yilgi mavsumdan boshlab OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasi yangi 32 jamoalik formatda o‘tkaziladi. Shuningdek, U-20 Osiyo kubogi saralash tizimiga ham bir qator yangiliklar joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2027 yil O‘zbekiston hududida futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionati ham bo‘lib o‘tadi. Bu musobaqaga Ozarbayjon ham mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing