O‘zbekiston meva va sabzavotlari eng ko‘p qaysi davlatga sotilmoqda?

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 747,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,2 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘zbekiston 2021 yilning 10 oyida eng ko‘p meva va sabzavotlar eksport qilgan davlatlar:

•    Qozog‘iston – 538 ming tonna;
•    Rossiya – 341 ming tonna;
•    Qirg‘iz R. – 112 ming tonna;
•    Xitoy – 65 ming tonna;
•    Ukraina – 28 ming tonna;
•    Afg‘oniston – 26 ming tonna;
•    Turkmaniston – 24 ming tonna;
•    Pokiston – 23 ming tonna;
•    Belarus R. – 13 ming tonna;
•    Turkiya – 11 ming tonna;
•    Eron – 7,5 ming tonna;
•    Ozarbayjon – 7 ming tonna;
•    Germaniya – 3,6 ming tonna;
•    BAA – 3,6 ming tonna.

Avvalroq joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 242,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 25 171 ta yengil avtomobil eksport qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

eksport

Baholaganlar

609

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing