“O‘zbekiston” mehmonxonasining narxi yana pasaytirildi

Jamiyat

image

Joriy yilning fevral oyida poytaxt Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sotuvga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Uning boshlang‘ich bahosi 33 million AQSH dollari etib belgilangan edi. Ammo xaridor chiqmagach, mehmonxonaning narxi 10 foizga tushirilib, .29,7 mln dollar etib belgilangandi.

Endilikda mazkur summa yana 3,3 mln dollarga tushirilib, 26,4 mln dollar etib belgilandi.  Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonxnani sotib olishga talabgor bo‘luchilarga investitsiya majburiyatlari ham bor. Investitsiya majburiyatlariga ko‘ra, majmuani sotib olgan investorga ikki yil ichida 100 mlrd so‘m miqdorida sarmoya kiritishi, 10 yil davomida asosiy faoliyat turi ya’ni mehmonxona xizmati ko‘rsatishni saqlab qolgan holda tashqi fasadini o‘zgartirmasdan mehmonxonani ta’mirlashi va boshqaruvga eng ilg‘or menejerlarni jalb qilishi talab etiladi. 

Eslatib o‘tamiz,  majmua 2017 yilda 7 mlrd 100 million so‘m,  2018 yilda 6 mlrd 300 million so‘m sof daromad ko‘rgan. Mehmonxona umumiy er maydoni 17 482 metr kvadratni tashkil etadi.  Bino 17 qavatdan iborat bo‘lib, jami 315 ta xonasi mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu mehmonxona bir necha yillar davomida toshkentlik taniqli tadbirkor, mamlakatning badavlat shaxslaridan biri – “Botir alyuminiy” nomi bilan tanilgan Botir Rahimovga tegishli bo‘lgan. 

U bundan uch yil avval rossiyalik taniqli o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning sobiq kelini – marhum jiyani Bobur Usmonovning bevasi Diyora Usmonovaga uylangan edi. Shundan so‘ng mamlakatni tark etgan Botir Rahimov turmush o‘rtog‘i bilan Turkiyaning Istanbul shahrida yashab kelmoqda. Bu orada unga tegishli bo‘lib kelgan "O‘zbekiston" mehmonxonasi ham sotuvga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Botir Rahimov O'zbekiston mehmonxonasi

Baholaganlar

146

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing