O‘zbekiston MDHning sanoat sohasidagi bitimiga qo‘shildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida»gi PQ-5056-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan O‘zbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining sanoat sohasida hamkorligi va sanoat siyosati bo‘yicha Kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitimiga qo‘shildi.

Bitim 2012 yil 30 mayda Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan.

Bitim taraflari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha MDH ishtirokchi-davlatlarining sanoat sohasida hamkorlik qiladilar:

•    sanoat siyosati bo‘yicha qarorlarni o‘zaro kelishilgan holda ishlab chiqish;
•    sanoat sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha MDH doirasida qabul qilingan xalqaro shartnomalar va qarorlar ijrosini ta’minlash;
•    ushbu Bitimning ishtirokchi-davlatlarining alohida sanoat tarmoqlari bo‘yicha hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, sanoat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini kelishish, qo‘shma dasturlar va loyihalar ro‘yxatini shakllantirish;
•    sanoat tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan sanoat sohasidagi hamkorlikdagi xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish va boshqalar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing