O‘zbekiston – Malayziya o‘yini iordaniyalik hakamlarga ishonib topshirildi

Sport

image

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 17 aprel Osiyo kubogidagi yurishini Malayziyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mazkur o‘yinni iordaniyalik Ahmad Faysal Muhammad Alali boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Unga qanotlarda hamyurtlari Ayman Faysal Hamza Obeydat va Ahmad Mansur Samara Muhsen yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi yaponiyalik Kimura Hiroyukiga topshirilgan. Saudiyalik Abdulloh Dafer Al Shehri esa VAR'da faoliyat olib boradi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq oq libosda harakatlanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston – Malayziya o‘rtasidagi o‘yin 17 aprel kuni soat 18:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Malayziya Ahmad Faysal Muhammad Alali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing