O‘zbekiston Malayziya bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha hamkorlik qiladi

Jamiyat

2222

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov ushbu mamlakat Milliy kiberxavfsizlik agentligi (NACSA) direktori Shoh Nuriy Muhammad  Zain bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Malayziya kiberxavfsizlik sohasida tizimlar, tarmoqlar va dasturiy ta’minotlarni himoya qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlardan hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global elektraloqa ittifoqi (MSE) talqiniga ko‘ra, Malayziya kiberxavfsizlik indeksi bo‘yicha 175 davlat orasida 8-o‘rinda va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida esa Singapurdan keyin 2-o‘rinda turadi.

Agentlik direktori ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qisqa vaqt ichida mamlakatning Global elektraloqa ittifoqi reytingidagi o‘rni yaxshilanib, 93-o‘rindan 52-o‘ringa ko‘tarilgani alohida e’tiborga loyiqdir.

Nuriy Zain mamlakatda elektron hukumatni joriy etish, onlayn-banking, raqamli iqtisodiyot va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar ushbu sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash, o‘zaro tashriflarni tashkil etish, ilg‘or tajriba almashish va o‘zbekistonlik axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha treninglar o‘tkazishni tashkil qilish, shu orqali NACSAning tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Malayziya

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing