O‘zbekiston maktablarida tanlov sinflari tashkil etiladi

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida an’anaviy sinflar bilan birga variativ o‘quv rejasi asosida o‘qitiladigan tanlov sinflari ham tashkil etiladi. Ushbu amaliyot vazirning “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2023-2024 yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 215-sonli buyrug‘i asosida amalga tatbiq qilindi. 

Unga ko‘ra, 3 turdagi - o‘zbek, rus va qardosh tillarda bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun alohida variativ rejalar taqdim etildi. 

Buyruqda, shuningdek belgilangan haftalik dars soatlari ham keltirilgan.  Tanlov sinfi bir nechta yo‘nalishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 7-11-sinf o‘quvchilari uchun ixtiyoriy ravishda tashkil etiladi.  Buyruqda tanlov uchun jami hisobda 18 ta yo‘nalish taklif etilgan. 

Yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati va ularga ajratilgan dars soatlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston sinf O'zbekiston maktablari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made