O‘zbekiston maktablarida eng ko‘p qaysi chet tili o‘qitilmoqda?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2021-2022-o‘quv yilida o‘quvchilarga xorijiy tillardan eng ko‘p rus tili o‘qitildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Qo‘mitaga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yilida 643 ming nafar o‘quvchiga rus tili o‘qitilgan. Keyingi o‘rinni qoraqalpoq tili egalladi – 126 ming nafar o‘quvchi. O‘quvchilarga ko‘p o‘qitiladigan xorijiy tillarda kuchli uchlikka tojik tili kirdi – 65 ming nafar o‘quvchi.

O‘zbekistonda 2021-2022-o‘quv yilida 54 ming o‘quvchiga qozoq tili, 11 mingiga turkman tili va 8,2 ming nafariga qirg‘iz tili o‘qitilgan.

Mamlakatda ingliz tilini o‘rganishga katta e’tibor berilayotganiga qaramay, bu lisonni o‘rganuvchi o‘quvchilar atigi 1,5 ming nafarni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

statistika

Baholaganlar

391

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing