O‘zbekiston koronavirusning nechanchi to‘lqinini boshdan kechirmoqda?
Jamiyat
−
09 iyul 2020
27597O‘zbekistonda koronavirusning birinchi to‘lqini hali bartaraf etilmagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
“Juda ko‘p fikrlar bo‘lyapti: kasallikning birinchi to‘lqini, ikkinchi to‘lqini, uchinchi to‘lqini... Kimlardir juda ko‘p to‘lqinlarni sanab yubordi. Lekin bir narsani aniq bilaylik, biz hali birinchi to‘lqinni uzganimiz yo‘q. Qachonki, kasallik qayd etilishi umuman to‘xtasa va bitta kasallikning yashirin davri ichida birorta ham bemor aniqlanmasa, O‘zbekistondagi kasallikka chalinganlarni manbai jilovlangan bo‘lsa, biz birinchi to‘lqinni sal surib qo‘ydik degan fikrga borishimiz mumkin.
Shuning uchun ikkinchi, uchinchi, yigirmanchi to‘lqinlar haqida gapirib, tashvishlanishimizga, motam qilishimizga asos yo‘q”, deydi Otabekov.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar mamlakatda karantin choralari kuchaytirilmoqda.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 11 259 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 47 nafari vafot etdi, 7060 nafari sog‘aydi.
LiveBarchasi