O‘zbekiston koronavirusni qachon yengib o‘tishi taxmin qilindi

Jamiyat

image

Singapur texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) olimlari dunyoning turli mamlakatlari, xususan, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tugashi sanasi bilan bog‘liq taxminlarini e’lon qildi.

Olimlarning hisob kitobiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat 20 mayga qadar 100 foizga yakun topishi aytilmoqda. Butun dunyoda esa noyabr oyining oxirida tugashi ko‘rsatilgan. Qatar va Bahrayn davlatlarida kasallik 2021 yil boshida to‘liq bartaraf etilishi prognoz qilingan.

Universitet tadqiqotchilari dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida pandemiya qachon tugashini taxmin qilgan. Mazkur ro‘yxatda O‘zbekiston 16-o‘rinda turibdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 1924 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 909 nafari davolangan va 8 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

931

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing