O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Yaponiyadan 138 mln dollar qarz oladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Yuqoriga o‘sish: O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi qanchaga yetgani ma’lum qilindi north_east

Yuqoriga o‘sish: O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi qanchaga yetgani ma’lum qilindi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekistonga ikkita loyihani amalga oshirish uchun 333,4 mln AQSH dollari miqdorida qarz ajratadi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan Hukumat qarori loyihasida belgilangan.

JICA ishtirokida “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish hamda Rivojlantirish siyosatini qo‘llab- quvvatlash” loyihalarini amalga oshirish doirasida byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun qarz mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha qarz bitimi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.

Jumladan, YAXHA “O‘zbekistonda koronavirus COVID-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish” loyihasi bo‘yicha 15 mlrd yapon yenasi (taxminan 138,4 mln AQSH dollari) miqdoridagi qarz mablag‘larni 15 yil muddatga beradi. Shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 0,01 foizda.

Shuningdek, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi 25 yil muddatga O‘zbekistonga “Rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida 195 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablag‘larini yo‘naltiradi. Shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR +1,1 foizda.
 
Ma’lumot uchun, YAXHA qarz mablag‘lari O‘zbekistonga respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qarz O'zbekiston-Yaponiya

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing