O‘zbekiston koronavirus bilan yana bir kunni ortda qoldirdi
Jamiyat
−
02 noyabr 2020
15569Bugun, 2 noyabr kuni O‘zbekistonda 239 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 573 nafarga yetdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 205 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 67 395 nafar bemordan 64 671 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 151 nafar bemordan 260 nafari og‘ir, 69 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi