O‘zbekiston korxonalari Qatarda ish boshlashi mumkin

Jamiyat

image

Qatardagi sanoat zonalarida O‘zbekiston korxonalarining ishlab chiqarishi tashkil qilinsa, ushbu davlat orqali 60 million aholisi bo‘lgan Ko‘rfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi. Bu haqda bugun, 15 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.

Qayd etilishicha, islohotlar natijasida so‘nggi yillarda yirik tadbirkorlar sinfi shakllangan. Endi bunday tadbirkorlarga o‘z loyihalarini istiqbolli mamlakatlarda joylashtirishga ko‘maklashib, bu orqali yangi bozorlarga jadal kirib borish vaqti kelgani ta’kidlangan.

Masalan, Qatar o‘zidagi erkin iqtisodiy zonalarda investorlar uchun jozibador soliq imtiyozlari joriy qilgan, elektr energiyasi, suv va boshqa kommunal xizmatlar xarajatining 20-30 foiziga subsidiya beryapti.

Agar Qatardagi sanoat zonalarida mahalliy korxonalar ishlab chiqarishi tashkil qilinsa, ushbu davlat orqali 60 million aholisi bo‘lgan Ko‘rfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi.

Qatardagi elchi va boshqa mutasaddilarga bu borada mahalliy korxonalar bilan ishlab, loyihalarni boshlash topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar iqtisodiy zona videoselektor yig'ilishi Ko'rfaz arab davlatlari diplomatik vakolatxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing