O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 29 yilda nechta qo‘shimcha kiritilgan?

Bu qiziq

image

Bugun, 8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 29 yil to‘ldi. Shu vaqtgacha mamlakat bosh qomusiga 16 marta o‘zgartirish kiritib bo‘lingan.

O‘tgan 29 yil davomida Konstitutsiyaga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan:

1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirildi;

2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq,  Konstitutsiyaning  XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan;

2007 yil 11 apreldagi Qonun bilan  Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;

2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan;

2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonun bilan  Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;

2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonun bilan  Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108, va 109-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99 va 102-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan so‘zlar “raisni (oqsoqolni)” degan so‘zlar bilan almashtirilgan;

2019 yil 18 fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80 va 93-moddalariga o‘zgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;

2019 yil 5 martda qabul qilingan Qonunga asosan 79,  93 va 98-moddalarga o‘zgartirishlar kiritilgan;

2019 yil 4 sentyabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga o‘zgartirishlar kiritildi;

2021 yil 8 fevralda qabul qilingan Qonunlar bilan 117-moddaga saylovlarni oktyabr oyida o‘tkazishga oid, shuningdek, 7, 33, 85, 86, 93, 98, 100-moddalarga qonunchilik hujjatlari tushunchasi bilan bog‘liq, 107-moddaga sud tizimi islohotlari bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilgan.

Ma’lumot o‘rnida, dunyoda ilk bor AQSHda 1787 yilda Konstitutsiya qabul qilingan. O‘tgan 234 yilda Amerika bosh qomusiga 27 marta o‘zgartirish kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing