O‘zbekiston xorijiy turistlarga pul to‘laydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan:

turizm faoliyati sub’ektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 20 AQSH dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 50 AQSH dollari miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplab beriladi;

xorijiy kinokompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida audiovizual mahsulotlar (kino, tele va videofilm, klip, multfilm, animelar) yaratishdagi xarajatlarining bir qismi (“rebate”) O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan xarajatlarning 20 foizigacha, lekin bitta mahsulot uchun 300 ming AQSH dollaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari to‘g‘risidagi to‘liq metrajli badiiy, qisqa metrajli badiiy, xronikal hujjatli filmlarni suratga olish uchun loyiha qiymatining 30 foizi, lekin 3 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

tadbirkorlik sub’ektlarining respublika hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) chet el taomlariga yoki alohida yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan mavzuli ovqatlanish shoxobchalarini, shuningdek, “karaoke” zallari va turistik qo‘ngilochar muassasalarni tashkil etish xarajatlarining bir qismi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir loyiha uchun 10 million so‘m miqdorida qoplanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha moddiy madaniy meros ob’ektlari hududlariga 5 tonnadan yuqori vaznga ega katta hajmli avtotransport vositalarining kirishiga cheklov qo‘yiladi;

YUNESKO Umumjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan madaniy meros ob’ektlari va davlat muhofazasiga olingan tarixiy yoki madaniy yodgorliklar hududida faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan suvenir mahsulotlari sotiladi.


Maqola muallifi

Teglar

turizm farmon

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing