Xorazmga kirish uchun yangi viza joriy qilinadi
Jamiyat
−
01 mart
23677Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi. Bu haqda bugun, 1 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Prezident Xorazmni asosiy drayveridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik dastur qabul qilinishini aytgan. Unga ko‘ra, Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tushumi 3 yil davomida Xorazmning o‘zida qoldiriladi.
Shu bilan birga, yig‘ilishda qator tumanlarda mehmonxonalar yetishmasligi qayd etildi.
Endilikda mehmonxona va dam olish maskanlarini qurish, mavjud o‘rinlarni ko‘paytirish uchun 7 yilga 2 yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi.
Shuningdek, Urganch shahrida “Lazgi” va “Avesto” muzeylarini tashkil qilish taklif qilindi.
Bundan tashqari, xorijiy sayyohlar Xorazm taomlarini sevib iste’mol qilishi ham yana bir imkoniyat ekani aytildi. Shu o‘rinda, bu taomlarni na mamlakat ichida, na chetda ko‘rsatish uchun harakat, targ‘ibot qilinmayotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan Xiva shahrida 24 soat ishlaydigan restoran, kafe va ovqat rastalarini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
LiveBarchasi