Putin yangi yadro doktrinasi bo‘yicha farmonni imzoladi
Olam
−
19 noyabr
7377Bugun, 19 noyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining yadro majburiyatlari bo‘yicha asosiy davlat siyosatini tasdiqlashga oid farmonni imzoladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Har qanday davlatning harbiy koalitsiya (blok, ittifoq) tarkibidan bo‘lib, Rossiya Federatsiyasiga va (yoki) uning ittifoqchilariga qarshi bosqinchilik qilishi shu koalitsiya (blok, ittifoq)ning Rossiya Federatsiyasiga va (yoki) uning ittifoqchilariga qarshi bosqinchiligi sifatida baholanadi”, deyiladi farmonda
Farmonga ko‘ra, bosqinchilikka qarshi to‘sqinlik qilish Rossiya Federatsiyasining harbiy qudratining butun majmuasi, shu jumladan, yadro quroli kabi vositalar foydalanishiga sabab bo‘ladi.
“Rossiya Federatsiyasi yadro qurolini o‘z-o‘zini himoya qilish vositasi sifatida ko‘radi, uning qo‘llanilishi oxirgi va majburiy chora hisoblanadi. Ammo Rossiya yadro tahdidlarini kamaytirish va davlatlararo munosabatlar keskinlashishining oldini olish, ayniqsa, harbiy konfliktlar, jumladan, yadro urushlarini keltirib chiqarmaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rib chiqadi”, deyiladi Prezident farmonida.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti zarurat tug‘ilganda yadro qurolini qo‘llashga tayyorligi yoki qo‘llamoqchi ekani to‘g‘risida qaror qabul qilsa, bu haqda ma’lum bir davlat yoki xalqaro tashkilotlarni ogohlantiradi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov farmonga munosabat bildirib, Rossiya doimo yadro qurolini himoya vositasi sifatida ko‘rgani, uning qo‘llanilishi oxirgi, majburiy chora ekanini ta’kidladi. Shuningdek, uning aytishicha, G‘arbning Ukraina harbiy kuchlari tomonidan Rossiyaga qarshi qo‘llanilayotgan yadroviy bo‘lmagan raketalari yangi doktrinaga muvofiq, yadro javobini keltirib chiqarishi mumkin.
Hujjatda davlat siyosatining yadro to‘sqinligi masalasidagi xarakteri mudofaa ekanligi alohida ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yadroviy quroldan foydalanish tamoyillarini o‘zgartirish va yadroviy to‘siq bo‘yicha davlat siyosati asoslarini yangilashni taklif qilgandi. Peskov esa Rossiyaning yadroviy doktrinasidagi o‘zgarish do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga Rossiya Federatsiyasiga ehtimoliy hujum oqibatlari haqida ogohlantirish ekanini aytdi.
LiveBarchasi