Ba’zi turdagi mashinalar uchun “rastamojka” bekor qilindi
Jamiyat
−
23 iyul
42489O‘zbekistonda 2025 yil 1 avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida so‘z boradi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 avgustgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olinib, litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlarga, istisno tariqasida, ekstremal turlarni tashkil qilish uchun dvigatel hajmi 2,4 litrdan kam bo‘lmagan yuqori o‘tish qobiliyatiga ega transport vositalari import qilinayotganda bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini amaldagi stavkaning 25 foizi miqdorida 3 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etiladi.
2025 yil 1 avgustgacha turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan import qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etiladi.
Turizm qo‘mitasi tomonidan ro‘yxati shakllantiriladigan xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida turizm sohasidagi tadbirkorlar, hunarmandlar, madaniyat va san’at vakillari ishtirok etadi.
Bunda, 2025 yil 1 yanvardan:
- xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalari uchun hokimliklarning mahalliy byudjetidan 1 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar ajratiladi;
- faoliyat boshlaganiga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;
- hunarmandlarning xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalaridagi pavilon ijarasi, ularda namoyish etiladigan mahsulotlarini tashish va aviachipta xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
LiveBarchasi