O‘zbekiston Xitoydan 100 ta dron oldi
Jamiyat
−
11:40 817 1 daqiqa
O‘zbekistonga Xitoyda ishlab chiqarilgan 100 ta zamonaviy agrodron olib kelindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vazirlik tashabbusi hamda Jahon banki ko‘magida Xitoyda ishlab chiqarilgan 100 ta zamonaviy dron O‘zbekistonga olib kelingan.
Ularning 50 tasi ekin maydonlarini masofadan monitoring qilish, yana 50 tasi esa, o‘g‘itlash, zararkunandalarga qarshi ishlov berish va agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
“Loyiha doirasida xitoylik mutaxassislar tomonidan mahalliy kadrlar ham tayyorlanmoqda. “O‘zdaverloyiha” DILI va uning hududiy bo‘linmalarining 30 nafar mutaxassisi dronlarni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilmoqda, kelgusida esa 100 nafar malakali operator tayyorlash rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.