O‘zbekiston Xitoydan 1 mln dozadan ortiq vaksina oladi – vazir

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston mart oyida bir million dozadan ortiq ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini qabul qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Sinxua” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xitoy vaksinasini O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazishning uchinchi bosqichi o‘tgan yilning dekabr oyida boshlangan.

Vazir sinov ko‘plab ko‘ngillilarda yaxshi samara ko‘rsatganini, noxush holatlar kuzatilmaganini ma’lum qildi.

“Allergik reaksiyalar va isitma bemorlarning eng kam qismida aniqlandi. Ushbu alomatlarning barchasi nazoratga olingan va uch-to‘rt kun ichida barcha emlangan odamlar normal hayotga qaytgan”, degan Abdurahmonov.

Amaldor bugungi kunda O‘zbekiston Xitoy tomoni bilan 1 mln dozadan ortiq vaksina yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan.

“Vaksinalar O‘zbekistonga kelganidan so‘ng, taxminan mart oyining o‘rtalarida aholini ommaviy emlashni boshlashni maqsad qilganmiz”, degan vazr.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Xitoy

Baholaganlar

23

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing