O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida charter reysi yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) va O‘zbekiston o‘rtasida Chendu-Toshkent-Chendu charter reysi yo‘lga qo‘yiladi. Chendu shahrida O‘zbekistonning turizm salohiyati taqdimotiga bag‘ishlangan anjuman doirasida shu haqida ma’lum qilindi.  

Sichuan provinsiyasining Chendu shahrida o‘tgan B2B uchrashuvlar esa kelgusida ikki davlat turistik tashkilotlari o‘rtasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda sayyohlar oqimini oshirishda amaliy natijalarga yo‘naltirildi.

Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b.Abdulaziz Aqqulov hamda Loong Air aviakompaniyasi prezidenti Lyu I so‘zga chiqishdi. Ular ikki davlat turizm sohasini rivojlantirish yo‘naltirilgan hamkorlik istiqbollari va yaqin orada ochilishi kutilayotgan yangi marshrutlar haqida so‘zladi.   

Jumladan, tadbir doirasida joriy yilning 28 dekabrida Chendu-Toshkent-Chendu yo‘nalishidagi charter reysning yo‘lga qo‘yilishi haqida e’lon  qilindi. Yangi yo‘nalishdagi reys O‘zbekiston va Xitoyga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish yo‘lida xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning sentyabrida LoongAir aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Sian-Toshkent-Sian charter reysi ochilgan edi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda Xuanchjou-Sian-Toshkent yo‘nalishidagi muntazam aviareysning ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Xitoy charter reysi

Baholaganlar

10

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing