O‘zbekiston xalq artisti Nafisa To‘xtayeva vafot etdi
Jamiyat
−
21 fevral 2025 13130 1 daqiqa
O‘zbekiston xalq artisti, mashhur maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
U O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini “Oltin fond”ga muhrlagan.
Uning ijrosidagi “Saraxbori Oromijon”, “Qashqachai Savti Sabo”, “Ey Nazokat” kabi kuylari xalq orasida mashhur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zulfiya mukofoti sovrindori, estrada xonandasi Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28