O‘zbekiston xalq artisti Zinaida Solovey vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
02 may 7470 1 daqiqa
O‘zbekiston xalq artisti Zinaida Solovey 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
U yarim asrga yaqin mehnat faoliyati davomida yuksak professionallik, betakror aktyorlik mahorati, ijrochi sifatida benazir iste’dodi, baland va chiroyli ovozi (lirik soprano) bilan muxlislar qalbidan o‘rin olgan.
O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatridagi faoliyati davomida aktrisa qator klassik va zamonaviy asarlarda yetmishdan ortiq rollarni ijro etgan.
“Zinaida Solovey teatr sohasini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar hamda samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazovning onasi Injigul Saburova 64 yoshida olamdan o‘tgandi. Injigul Saburova Jumaboyevna O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasining “Muxalles” dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi