G‘iyos Boytayev va Rustam G‘oipov O‘zbekiston xalq artisti bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi G‘iyos Boytayev va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Rustamjon G‘oipov O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti bo‘ldi. Bu haqda bugun, 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Ma’lumot uchun, Rustam G‘oipov Tojikistoning Xo‘jand shahrida tug‘ilgan. Qozog‘istonda ulg‘aygan. Otasining ismi Abubakir, onasining ismi esa Robiya bo‘lib, asli Chimkentlik bo‘lishgan. Rustam G‘oipov – Botir Zokirov, Yalla guruhi, Davron G‘oipov, Nuriddin Haydarovlardan keyin o‘zbek estradasining ilk namoyandalaridan biri. U 1985-86 yillardan boshlab hozirgi vaqtgacha o‘zining shirali va jarangdor ovozi bilan, shuningdek mashhur qo‘shiqlari bilan halqimizning mehrini qozonib kelmoqda. Uning "Xo‘p ajoyib yurtimiz bor", "Davraga tush", "Tillo uzuk", "Oydanda go‘zal", "Ona emasmu", "Paxtakor", "Haqiqat", "Yulduzim", "Laylo", "Qalbim to‘rida (Amir Temur)", "Jamalak", "Fig‘on", "Jazo" kabi xit qo‘shiqlari xalq qalbidan o‘rin olgan. Rustam G‘oipov 1998 yilda “Zamin yulduzlari” festivalida “falsafiy qo‘shiqlar ustasi” deb e’tirof etilib, “Temur bobo” qo‘shig‘i uchun “Zamin” mukofoti sovrindori bo‘lgan. Hozirgi kungacha xonanda Rustam G‘oipov xalq orasida “Falsafiy qo‘shiqlar qiroli” deb tan olinadi va to‘y-hashamlarda, konsert dasturlarida, shuningdek barcha tadbirlarda ham ushbu nom tilga olinadi.

G‘iyos Boytoyev – o‘ziga xos ijro uslubi va xit taronalari bilan tanilgan o‘zbek estradasi xonandasi. U 1960 yil 14 yanvarda Qozog‘istonning Sayram tumani Qorabuloq qishlog‘ida tavallud topgan. “Boychechak”, “Atlas ko‘ylakli qizlar”, “Menda bo‘lsa edi”, “Keldimu”, “Yurak”, “Tegirmon” va “Ko‘klamoyim” kabi xit taronalari bilan xalqqa tanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston xalq artisti G'iyos Boytaev Rustam G'oipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing