O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Shoazim Minovarov Prezident maslahatchisi etib tayinlandi north_east

Shoazim Minovarov Prezident maslahatchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Murodovich Komilovga yana bir vazifa yuklatildi.

Qaror bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektori vazifasini ham bajaradi.

Muzaffar Komilov ilgari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetlarida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan. U Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 apreldagi qaroriga muvofiq Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga 2019 yildan buyon Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Rustam Qosimov rektorlik qilib kelayotgandi. U joriy yilning 7 may kuni vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Muzaffar Komilov

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing