Muzaffar Komilov yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
05 dekabr
7601Muzaffar Komilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Muzaffar Murodovich Komilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan. U bungacha Prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Muzaffar Komilov 2021-2023 yillar davomida ham ushbu lavozimda faoliyat yuritgan. U 2018-2022 yillarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2022 yil fevraldan joriy yil dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan edi.