Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Jamiyat
−
04 dekabr
21860O‘zbekiston Prezidentining bir nechta maslahatchilarining lavozimlari o‘zgardi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari imzolandi.
Prezident farmoni bilan Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Ma’lumot uchun, Ruslanbek Davletov 2017 yildan 2022 yilgacha buyon Adliya vaziri lavozimida ishlagan. Prezidentning 2022 yil noyabrdagi tegishli farmoni bilan Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Shuningdek, Suxrob Jo‘raqulovich Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Adham Murodovich Turdiyev esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, 2022 yil fevraldan beri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Muzaffar Murodovich Komilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. U 2018-2022 yillarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Shuningdek, Olim Odilovich Soliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.
LiveBarchasi