Shoazim Minovarov Prezident maslahatchisi etib tayinlandi
Jamiyat
−
25 may 2021
9201Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni imzolandi.
Shoazim Minovarov endilikda ham Prezident maslahatchisi, ham Islom sivilizatsiyasi markazi direktori hisoblanadi.
Shoazim Minovarov 1951 yil tug‘ilgan. 1997 yil 27 iyundan 2006 yil 1 avgustgacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, raisi bo‘lgan. 2006 yil 1 avgustdan 1 dekabrigacha - O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi, 2006 yil 1 dekabrdan 2008 yil 28 iyungacha - O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
U 2008-2012 yillarda O‘zbekistonning Misrdagi elchisi bo‘lgan, 2013 yilda pensiyaga chiqarilgan. 2015 yil aprel oyidan 2017 yil iyul oyigacha Toshkentdagi Fransuz alyansi raisi bo‘lgan. 2017 yil iyul oyida Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Islom madaniyati markazining direktori etib tayinlangan. Fransiyaning «Xizmatlari uchun» (01.2017 y.), O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (28.08.2020)
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimov joriy yilning 7 may kuni og‘ir kasallikdan vafot etgandi.
LiveBarchasi