O‘zbekiston keng polosali mobil internet narxi bo‘yicha yuqori o‘rinni egalladi

Texnologiya

image

O‘zbekiston keng polosali mobil internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik ko‘rsatkichini bajargan kam sonli davlatlar qatoridan joy oldi. Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarini autsorsing qilish (BPO)” mavzusida tashkil etilgan xalqaro davra suhbatida so‘zlagan nutqida aytdi.

BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining 2021 yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2 foizlik ko‘rsatkichni bajargan to‘rt davlatdan biri bo‘lgan.

“O‘zbekiston o‘tgan yilda keng polosali internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik foydalanish ko‘rsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olganini mamnuniyat bilan qayd etaman”, degan Marko Mantovanelli.

O‘zbekiston hukumati raqamli transformatsiyani o‘zining strategik kun tartibiga qo‘yib kelmoqda. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ham qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

internet

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing