O‘zbekiston qo‘shinlariga ham sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar zarurligi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston qo‘shinlarida ham sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalarni tashkil etish zarur. Bu haqda bugun, 21 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Xavfsizlik kengashining davlat harbiy xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ko‘rsatib o‘tildi.

Hozirgi kunda turli mintaqaviy mojarolarda sun’iy intellekt, robot, raketa, dron va ularga qarshi vositalar keng qo‘llanmoqda. Shundan kelib chiqib, qo‘shinlarda dronlar va ularga qarshi kurashish, sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kibertuzilmalar, robotlashgan texnikalarni qo‘llash va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha yangi bo‘linmalarni tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini ta’minlash, jangovar tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini yanada takomillashtirish, sun’iy intellektga asoslangan qo‘shinlarni avtomatlashtirilgan yagona boshqarish tizimini yaratish, harbiy ta’lim va harbiy kadrlarni tayyorlashda dual ta’limdan foydalanish lozimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 21 fevral kuni Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga borib, bu yerdagi ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan tanishgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev qo'shin sun'iy intellek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing