O‘zbekiston qishki Olimpiadaga 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritdi

Sport

image

O‘zbekiston delegatsiyasi Milan-Kortina – 2026 qishki Olimpiya o‘yinlari uchun 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Bu haqda mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Saralash sikli yakuniga ko‘ra, Dmitriy Chigiryov hamda Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog short-trekning 500 metr masofaga yugurish yo‘nalishlarida Olimpiada yo‘llanmalariga sazovor bo‘lgan. Biroq, Olimpiadaga tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigiryov jarohat olib, musobaqagacha tiklana olmadi. Shu bois musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi tog‘ chang‘isi va short-trek dasturlaridagina ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, bo‘lajak qishki Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 6-22 fevral kunlari Italiyaning Milan hamda Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi Fabio Kannavaro Italiyada bo‘ylab o‘tkazilayotgan Milan-Kortina – 2026 qishki Olimpiya o‘yinlari mash’alasining estafetasida ishtirok etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiya Milan-Kortina – 2026 Medet Nazarov Daniil Eybog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing