O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2021
13869O‘zbekiston 2021 yildagi kelishuv bo‘yicha Qirg‘izistonga elektr energiya yetkazib berishni yakunladi. Bu haqda Qirg‘izistonning Milliy energiyaxoldingi ma’lum qildi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘izistn Turkmanistondan elektr energiya import qilishni ko‘paytirgan. Mamlakat o‘zaro elektr energiya yetkazib berish to‘g‘risidagi kelishuvga ko‘ra, Qozog‘istondan ham elektr import qilyapti.
O‘zbekiston bilan esa 2021 yilga mo‘ljallangan kelishuv nihoyasiga yetgan. Hozirda Bishkek rasmiy Toshkent bilan 2022 yilda yetkazib berish rejalashtirilgan elektr energiya hisobidan importni davom ettirish ustida muzokara olib bormoqda.
“O‘zbekiston Respublikasidan elektr energiyasi yetkazib berilishi yakunlanishi munosabati bilan Turkmanistondan Qirg‘izistonga import qilinadigan elektr energiyasi hajmi oshirildi”, deya yakunlangan kompaniya xabari.
LiveBarchasi