O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila qayd etildi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2020
6397Bugun, 8 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:04 da (08.09.2020 yil, Grinvich bo‘yicha 15:04 da) O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 40,12 gradus shimoliy kenglik; 71,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,8. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 249 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Farg‘ona: 29 km, 2 ball.