O‘zbekistonda qat’iy karantin 15 avgustgacha uzaytirildimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi nomidan mamlakatda qat’iy karantin 15 avgustgacha uzaytirilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Norasmiy xabarlarda karantin cheklovlarlari uzaytirilibgina qolmay, yangi cheklovlar ham joriy qilinishi aytilgan.

Ammo bu xabarlar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Karantin cheklovlari yana uzaytirilishi haqida hozircha hech qanday rasmiy ma’lumot berilmadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 16 martdan joriy qilingan karantin rejimi bir necha bor uzaytirildi. So‘nggi bor iyun oxiri va iyul boshida qabul qilingan qarorlar bilan karantin rejimi qat’iylashtirildi hamda avval bekor qilingan qator cheklovlar tiklandi.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

3788

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing