O‘zbekiston tashqi qarzi yangi rekord o‘rnatdi
Jamiyat
−
09 mart 2022
233752021 yil yakuniga bo‘yicha O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi birinchi marta 40 mlrd dollardan oshib 41,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2021 yil yakuni bo‘yicha Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar sharhida keltirilgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi (davlatning barcha ichki va tashqi majburiyatlarining foizlari bilan birga) 41,6 mlrd dollarga yetgan. 2020 yilga nisbatan qarz 12,7 foizga oshgan.
YAIMga nisbatan yalpi tashqi qarz 60,1 foizni tashkil qilgan. Tashqi qarzining o‘zi esa 21,1 milliarddan 23,4 milliardga ko‘paygan.
Avvalroq, joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, davlat qarzi qoldig‘i 26,3 mlrd AQSH dollariga yetgani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori qonun doirasida ekani va hammasi maqsadli ishlatilayotganini aytgandi.
LiveBarchasi