“Hammasi maqsadli ishlatilyapti”. Prezident tashqi qarz bo‘yicha xavotirlarga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori qonun doirasida. Hammasi maqsadli ishlatilyapti va vaqtida qaytariladi. Bu to‘g‘risida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 18 fevral kuni Toshkentning Sergeli va Yangihayot tumanlariga tashrifi chog‘ida faollar yig‘ilishida aytib o‘tdi, deb xabar berdi "Xalq so‘zi".

“Ijtimoiy tarmoqlarda, turli chiqishlarda ko‘p kuzataman – tashqi qarzimiz oshib borayotgani uchun tanqid qilishadi. Tanqid albatta mumkin, lekin asosli bo‘lsa. Birgina Sergeli tumani misolida olaylik, agar biz zarur resurslarni jalb qilmaganimizda qiymati 500 mln dollarlik metro loyihalarini amalga oshira olarmidik? Shuncha qurilishlarni tezkor bajararmidik? Hozir shuncha aholi uyli-joyli bo‘ldi, metrodan minglab odamlarimiz foydalanyapti. Zavodlar quryapmiz, ish o‘rinlari yaratyapmiz. Tashqi qarz shu xalqimizning farovonligiga xizmat qilyapti. Eng muhimi – tashqi qarz miqdori qonun doirasida. Tashqi qarz ham hamma davlatlarga berilmaydi: ishonch borki, bizga taqdim qilishyapti. Hammasi maqsadli ishlatilyapti va vaqtida qaytariladi. Boshqa davlatlar tashqi qarzi bilan solishtirganda bizniki ancha past ko‘rsatkichda”, dedi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda, O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2021 yil 1 oktyabr holatiga 25,3 mlrd dollarni tashkil etgandi.

Umumiy davlat qarzi miqdorining o‘sishiga qaramay, makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada qolmoqda.

Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2022 yil O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident tashqi qarz

Baholaganlar

257

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing