O‘zbekiston Qandahordagi masjidda uyushtirilgan portlashga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Kecha, 15 oktyabr kuni Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi shialar masjidida juma namozi o‘qilayotganda portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Tashqi qishlar vazirligi Qandahordagi portlashga munosabat bildirib, ushbu terrorchilik harakatini qoraladi.

“Bunday g‘ayriinsoniy hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

Afg‘oniston hukumatining mamlakatda bu kabi hodisalarning oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish harakatlarini olqishlaymiz.

O‘zbekiston Hukumati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy ta’ziya izhor etadi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Bibi-Fotima masjidida uyushtirilgan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar 63 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV terakt Qandahor

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing