O‘zbekiston IX qishki Osiyo o‘yinlaridagi ilk medalini qo‘lga kiritdi
Sport
−
12 fevral
4707O‘zbekiston delegatsiyasi 26 yillik tanaffusdan keyin qishki Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Figurali uchish bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Dmitriy Chigirey hamda Yekaterina Geynish juftligi 176.43 ball jamg‘arib, musobaqada eng yaxshi natijaga erishdi.
Kun dasturida figurali uchish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Niginabonu Jamoliddinova hamda Sevinch Rahimova qishki Osiyo o‘yinlarida debyut qildi. Qisqa dasturdagi ijrosi bilan Jamoliddinova 27.88, Rahimova esa 18.09 ball jamg‘ardi. Endi ular ertaga erkin dasturdagi chiqishlarini namoyish etadi.
LiveBarchasi