O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida nursiz durang qayd etildi
Sport
−
13 Oktabr 2023
7064Bugun, 13 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniya U-23 jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida tashkil etilgan mazkur bahsda 0:0 ko‘rinishidagi hisob qayd etildi.
Temur Kapadze shogirdlarida bir necha bor raqib darvozasini ishg‘ol qilish imkoni paydo bo‘lishiga qaramay barcha hujumlar besamar yakunlandi. Shu o‘rinda raqib jamoa ham O‘zbekiston darvozasiga to‘p kirita olmadi.
O‘zbekiston U-23 jamoasi a’zolari biroz qo‘pol o‘yin ko‘rsatdi va uchrashuv bosh hakami tomonidan 37-daqiqada Husayn Norchayev, 55-daqiqada esa Mahmud Mahamadjonovlar ogohlantirilgan bo‘lsa, Shohjahon Sultonmurodov bahsning 76-daqiqasida shunday xatoga yo‘l qo‘ydi.
Shu tariqa Toshkentda o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini nursiz durang bilan yakunlandi.
O‘zbekiston U-23 – Ispaniya U-21 0:0
O‘zbekiston U-23: 21. Hamidullo Abdunabiyev, 2. Saidazamat Mirsaidov (13. Eldor Begimov,10), 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 8. Ibrohim Ibragimov, 10. Jasur Jaloliddinov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 14. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 16. Asadbek Rahimjonov, 17. Abdurauf Bo‘riyev, 19. Husayn Norchayev, 22. Alisher Odilov.
Ispaniya U-23: 1. Alenxandro Iturbe, 3. Rafa Marin, 4. Arnau Martines, 7. Ilias Axomax, 8. Benat Turrientes, 10. Gabri Veyga, 11. Karlos Martin, 15. Alvaro Karreras, 18. Pablo Torre, 20. Diyego Lopez, 22. Hugo Novoa