O‘zbekiston kiberhujumlar soni bo‘yicha MDH davlatlari ichida to‘rtinchi o‘rinni egalladi
Jamiyat
−
01 iyul
3867O‘zbekiston internetda eng ko‘p hujumga uchragan MDH davlatlari ichida to‘rtinchi o‘rindan joy oldi. Bu haqda 2023 va 2024 yilning birinchi choragi uchun MDH mamlakatlariga kibertahdidlar bo‘yicha e’lon qilingan “Kasperskiy laboratoriyasi”ning hisobotida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, hujumlarning asosiy qismi tojikistonlik foydalanuvchilarga (60,69%) qilingan. Undan keyin Belarus (59,79%), Turkmaniston (59,55%) va O‘zbekiston (58,74%). Qirg‘iziston (57,21 foiz), Qozog‘iston (54,62 foiz) va Rossiya (51,86 foiz), Ozarbayjon (49,73 foiz) va Armaniston (44,21 foiz) kabi davlatlar egallagan.
Hisobotda, shuningdek, tez-tez kiberhujumlarga duchor bo‘ladigan faoliyat sohalari ham aniqlangan. Birinchi uchlikda moliya (28%), qurilish (24%) va ishlab chiqarish (14%) sohalari qayd etilgan.
Shuningdek, aksariyat mamlakatlarda 2023 yil oxiriga kelib hujumlar soni ko‘paygan bo‘lsa, 2024 yil boshida esa bu raqamlar keskin kamaygan.